Shkrtel uch haftadayoq "Atalanta"ni tark etishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 sen 2019
"Atalanta" klubi murabbiylar shtabi himoyachi Martin Shkrtelning jismoniy holatidan unchalik mamnun emas.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 9 avgust kuni "Atalanta" bilan shartnoma imzolagan slovakiyalik futbolchi tez orada jamoani tark etishi mumkin.

Tomonlarning kelishuvi 2020 yilga qadar davom etishi kerak edi. "Atalanta" ushbu mavsumda YCHLning guruh bosqichida ishtirok etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport