Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tadi

Alisher
31 avg 2019, 14:16
"Kalyari" hujumchisi Xan Kvan Son faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Turin klubi 20 yoshli forvardni 5 million evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Yosh futbolchi allaqachon Turinga tashrif buyurgan.

Qayd etish kerakki, u dastlab asosiy jamoa bilan mashg'ulot olib boradi va yoshlar jamoasida o'ynaydi. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asosiy jamoada ham o'ynashi ko'zda tutilgan.

Xan Kvan Son 2017 yildan beri Italiyada faoliyat olib boradi. U A Seriyada gol urgan birinchi shimoliy koreyalik o'yinchiga aylangan.

Forvard o'tgan mavsumni ijara asosida Seriya B da ishtirok etadigan "Perudja"da o'tkazdi va 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com