Shimoliy Koreya JCH-2022 saralashidan chetlatildi

Mirjalol Normatov
16 may 2021
OFK o'z rasmiy saytida Shimoliy Koreya termasining JCH-2022 saralashidan chiqarib yuborilganini ma'lum qildi.

Bunga asosiy sabab sifatida mamlakatda koronavirus bilan bog'liq holat yomonlashib ketgani aytilmoqda. Oldinroq Shimoliy Koreya Olimpiada o'yinlarida qatnashmasligini ham ma'lum qilgandi.

KXDR termasi JCH-2022 saralashi 2-bosqichida H guruhida Janubiy Koreya, Turkmaniston, Livan va Shri-Lanka termalari bilan o'rin olgandi. Terma 5 o'yinda 8 ochko jamlab, yetakchi Turkmanistondan 1 ochko ortda qolgan holda 4-o'rinni egallab turgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/theafcdotcom