Shimoliy Irlandiyadagi aeroportga Kayl Lafferti nomi berildi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2016, 13:51
Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahridagi xalqaro aeroport bir kunga Kayl Lafferti nomini oldi.

Shu tariqa xodimlar terma jamoaning Evro-2016dagi ilk o'yinini nishonlashdi. Shimoliy Irlandiya o'z tarixida ilk bor Yevropa chempionati final bosqichiga chiqqan.

Qolgan vaqtda aeroport afsonaviy Jorj Best nomi bilan ataladi.

Lafferti – hozir termada bo'lganlar orasida eng ko'p gol urgan futbolchi (17ta gol).

Shimoliy Irlandiya bugun Polshaga qarshi o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21.00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: belfastcityairport.com