Shik Yuventusga 30,5 mln evro evaziga o'tadi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2017, 09:15
Yuventus Sampdoriya bilan hujumchi Patrik Shik borasida kelishib oldi.

Turinliklar 21 yoshli chexliyalik futbolchi uchun 30,5 million evroni 3 yil ichida to'laydi. Yaqin orada hujumchi Turina tibbiy ko'rikdan o'tadi va Yuventus bilan 5 yillik shartnoma tuzadi.

Shik uchun kurashda Italiya chempionlari Inter, Napoli, Romu, Tottenxem va Evertonni ortda qoldirishdi.

Yakunlangan mavsumda Shik Italiya A seriyasining 32ta o'yinida 11ta gol urdi va 6ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia