Shexich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2023
Darvozabon Ibragim Shexich "Konyaspor"dan "Al Halij"ga o'tdi.

Saudiya Arabistoni klubi Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi futbolchisi transferini tasdiqladi.

Shexich 2018 yildan buyon Turkiyada o'ynamoqda. Avvalroq u Ozarbayjonda 5 yil o'tkazgan va u erda "Qorabog'" jamoasida o'ynagan.

Shnxich o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol o'tkazib yuborgan. Shuningdek, uning hisobida gol o'tkazib yuborilmagan 10 ta uchrashuv bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Milliyet