Shevchenko Portugaliyaga qarshi bahs oldidan: "Bu shaxmatcha o'yin bo'ladi"

Eldor Akmurzayev
14 okt 2019, 22:25
Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Ukraina – Portugaliya bahsidan oldin mezbonlar ustozi Andrey Shevchenko bo'lajak to'qnashuv haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Yigitlarda ishonch bor. Yevropa chempionalariga qarshi o'ynaymiz bu esa biz uchun eng asosiysi.  O'z futbolimizni ko'rsatishimiz lozim. Bizda hech qanday xavotir yo'q. Yigitlar ushbu o'yinning mas'uliyatini sezib turishibdi. Jamoada faqat ijobiy holat, yaxshi kayfiyat hamda chiroyli futbol namoyish etish istagi bor. Portugaliyadek jamoaga qarshi o'yinda tezda o'zimizni ko'rsatishimiz qiyin. O'ylashimcha, shaxmatcha uchrashuv bo'ladi. Birinchi raqam ostida o'ynashga harakat qilamiz – deya qayd etgan Shevchenko.

Eslatib o'tamiz, Ukraina – Portugaliya bahsi birozdan so'ng, yani, 23:45da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua