Shevchenko "Milan"ni boshqarishga tayyor. Faqat bir shart bilan

Alisher
2 okt 2019, 12:33
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi A Seriyada ish boshlashi mumkin.

Shevchenko "Milan" bosh murabbiyi Marko Jampaolo iste'foga chiqarilgan taqdirda, jamoani boshqarishga roziligini bildirdi.

Mutaxassis noyabr oyidan ish boshlashi mumkin, chunki undan oldin Ukraina terma jamoasining Evro-2020 saralashi doirasidagi muhim o'yinlari bor.

Ammo, murabbiy italiyaliklarga "sariq-ko'klar" bosh murabbiyligida ham qolish shartini qo'ydi.

"Milan" 2019/20 yilgi mavsumni omadsiz o'tkazdi. Jamoa 6ta o'yinda 4ta mag'lubiyatga uchradi. Jamoa hozirda musobaqa jadvalida 14-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Euro Football