Shevchenko: "Milan" "Yuventus"ni mag'lub eta oladi"

Mirjalol Normatov
6 yanv 2019, 18:51
Ukraina termasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenkoning fikriga ko'ra "Milan" "Yuventus"ni mag'lub eta oladi.

- Klub tezroq YCHLga qaytishi kerak. Bu turnir "Milan"siz ancha zerikarli bo'lib qoldi. "Milan" qattiq harakat qilmoqda. Ammo bunday uzoq muddatli loyihani avvalo Italiyada, keyin qitada tengsiz qilish kerak. Bunga vaqt kerak.

"Yuventus" - A Seriyaning kuchli jamoasi. Biroq bu klubni ham mag'lub etsa bo'ladi. Agarda "Milan" har bir detalgacha tayyorlansa, "Yuventus" ustidan g'alabaga erisha olishi mumkin, - dedi Shevchenko.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport