

"Men Lobanovskiy, Mourinyu, Anchelotti kabi buyuk murabbiylar bilan ishlaganman. Ularning har biri yetakchi bo'lgan. Fergyuson, Klopp, Sarri, Kontelarning ish uslubiga qiziqaman. Ularda o'ziga xos uslub, yetakchilik hislati bor. Shu sababli ular yaxshi natijalarga erishishadi.
Menga yordam yoki maslahat kerak bo'lsa, doimo Anchelotti va Paolo Maldiniga qo'ng'iroq qilaman" - deydi Shevchenko.



