Shevchenko "Galatasaroy"ni boshqarishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2022, 19:03
"Jenoa" hamda Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin edi.

Jurnalist Igor Burbasga ko'ra, 45 yoshli mutaxassis "Galatasaroy" taklifini rad qilgan.

"Mutaxassis "Jenoa"dan ketgach, unga "Galatasaroy"dan aniq taklif tushdi, ammo ukrainalik murabbiy uni qabul qilmadi", – dedi insayder.

"Jenoa" Shevchenkoni shanba kuni ishdan bo'shatdi. Tomonlar 2 oydan oshiqroq vaqt davomida hamkorlik qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: soccernews.ru