

"Yaxshi jamoaga qarshi qiyin bo'ldi. Raqib safida texnik tomonlama kuchli futbolchilar bor. Bizda o'yin uchun yaxshi reja bor edi.
Yigitlarga barakalla. Ular belgilangan rejani bajarishdi deb o'ylayman.
Biz o'yinga shunday taktika tanlagandikki, Fransiyadek jamoaga qarshi boshqachasiga o'ynash mumkin emas. O'yin qiyin o'tishini bilgandik.
Balki chiroyli futbol bo'lmagandir. Ammo biz yaxshi o'ynadik va rejamiz ideal tarzda ishladi", - dedi Shevchenko.



