Sherzod Temirov "Persepolis" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
27 fev 2022, 16:29
"Paxtakor" sobiq hujumchisi Sherzod Temirov Eronning "Persepolis" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda futbolchining o'zi Championat.asia'ga ma'lum qildi.

Temirov erkin agent maqomida Tehron klubi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Eslatib o'tamiz, forvardning oldinroq Eronga uchib ketgani va tibbiy ko'rikdan so'ng klub bilan 1,5 yillik bitimga imzo chekishi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia