Sherzod Raimjonov: "Jahongir Mehmonovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2015, 12:29
Bugun ertalab “Neftchi” jamoasi texnik dikertori Sherzod Raimjonov “Ruxsor” radiosining Futbol kundaligi dasturiga maxsus intervyu berib o'tdi.

"Jahongir Mehmonovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi, - deya gap boshladi Sherzod Raimjonov. Mehmonov hozirgi paytda Toshkentda davolanmoqda. Chorshanba kuni poytaxtga ketgandi. Tarkibda boshqa yo'qotishlar yo'q. Aksincha, Mansur Saidov ertaga maydonga qaytadi. Evgeniy Cheremesin va himoyachi Adrian Kashvakal ham o'yinga tayyor. “Neftchi” “Metallurg”ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorlanmoqda. Agar OCHLga chiqishni niyat qilgan bo'lsak, har qanday bahsda g'alaba qilishmiz zarur. Fikrimcha, “Neftchi” jamoasi g'alaba qozonadi. Jamoaning ayni paytdagi kayfiyati yaxshi. Yigitlar o'yinga ko'tarinki ruhda tayyorlanishmoqda – deb intervyu berdi Sherzod Raimjonov.

“Ruxsor” TRK muxbiri Hojiakbar Jabborov tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia