

Nasrullaev uchrashuvning 65-daqiqasida elkasidan og'ir jarohat olgan va uning o'rniga Alibek Davronov maydonga tushirilgandi.
Tekshiruvlar natijasida Nasrullaevning elka qismi suyagi singani ma'lum bo'ldi. Futbolchi Toshkentdagi shifoxonalardan birida jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Uning safga qaytishi uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.
Shu tariqa, himoyachi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi bahslarida "Nasaf"ga yordam bera olmaydi.



