Sherzod Nasrullaev: "Nasaf" ikki turda ham raqiblaridan yaxshi o'yin ko'rsatdi"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2021, 11:35
Superliganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK (1:1) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar futbolchisi Sherzod Nasrullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsumdagi dastlabki ikki o'yinni Superliganing ikkita kuchli jamoasiga qarshi o'tkazdik. "Paxtakor" va AGMK bilan kechgan uchrashuvda biz ulardan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik, deb o'ylayman. Faqat so'nggi daqiqalarda e'tiborsizligimiz sabab g'alabani qo'ldan chiqardik. Balki tarkibimizda yosh futbolchilarning ko'p ekanligi, ulardagi tajribasizlik pand berayotgandir. Buning ustida ishlaymiz. Navbatdagi uchrashuvlarda muxlislarni ishonchini oqlashga harakat qilamiz. O'tgan turda "Paxtakor"ga qarshi bahsda g'alabaga yaqin kelgandik. Ikkinchi bo'limda hujumga chiqib ketdik va jazolandik. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Nasrullaev. 

 Fotograflar muzlab qolgan "Nasaf" - AGMK uchrashuvidan GALEREYA

"Nasaf" - AGMK 1:1. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia