Sherzod Esanov: "Gol zavqini so'z bilan tushuntirib bo'lmaydi"

Оқил Абдубарноев
24 may 2023, 03:00
20 yoshgacha o'tayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O'zbekisiton - Yangi Zelandiya uchrashuvidan so'ng terma jamoa a'zosi Sherzod Esanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Maydonga tushgach, gol urish uchun borimni berishga harakat qildim. Xudoga shukr, garchi g'alaba qozona olmagan bo'lsak-da, durang natija qayd eta oldik. Gol urgandagi taassurotlarini so'z bilan ifodalab bo'lmaydi", dedi yarim himoyachi.


Eslatib o'tamiz, futbolchimiz mazkur bahsning 90+3 daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi o'yinini Gvatemalaga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia