Sherzod Esanov - "Dinamo-Brest" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025
Sherzod Esanov faoliyatini Belarusda davom ettiradi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi Belarusning "Dinamo-Brest" klubi bilan shartnoma imzoladi. Esanovning yangi jamoasi bilan kelishuv joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Sherzod Esanov 2024 yilning iyulidan joriy yilning sentyabrigacha Rossiyaning "Akron" sharafini himoya qildi. O'zbekistonlik markaziy yarim himoyachi barcha turnirlarda 16 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan edi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia