

Kamoliddin Alimov muallifligidagi loyihaning kechagi sonida "Paxtakor" bilan xayrlashgan Sherzod A'zamov bilan muloqot bo'lib o'tdi. Unda futbolchi takliflar va rejalari haqida fikrlarini bildirdi.
"Hali faoliyatimni yakunlash niyatim yo'q. Lekin hozir aniq jamoadan taklif olmadim. Taklif kelib tushsa, ko'rib chiqamiz. Xuddi "Nasaf"da bo'lgani kabi, "Paxtakor"ni tark etish qiyin bo'ldi. Ikki klubda ham uzoq vaqt to'p tepdim",- deydi Sherzod A'zamov.
Ma'lumot uchun, himoyachi o'tgan mavsumda jarohati sabab Superligada maydonga tushgani yo'q.



