

Bugun va ertaga tibbiy tekshiruvdan o'tadigan futbolchilar juma kunidan Shota Arveladze boshchiligida ilk mashg'ulotga kirishishadi. Toshkentda 20 iyulgacha davom etadigan yig'in doirasida ikki nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. 13 iyulda "Lokomotiv BFK" va 16 iyul kuni "NBU-Osiyo"ga qarshi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
Turkiyadagi yig'in chog'ida uch nazorat o'yini o'tkazish mo'ljallangan. Raqiblar nomi tez orada ma'lum bo'ladi.




