"Sherif" ketma-ket ettinchi marta mamlakat chempioni bo'ldi

Mirjalol Normatov
29 apr 2022, 23:57
"Sherif" Moldovaning 20 karra chempioniga aylandi.

Yuriy Vernidub shogirdlari mamlakat chempionati 26-turi doirasida "Dinamo-Avto" jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali "Sherif" ketma-ket ettinchi marta mamlakat bosh sovrinini qo'lga kiritmoqda. "Sherif" Moldovaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. Keyingi o'rinda 8 karra chempion "Zimbru" turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Sheriff" tarkibida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev ham o'ynamoqda. U ushbu mavsum chempionatning 6 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia