

"Sherdor" va "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi nazorat bellashuvi "Sherdor"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yin "Dinamo" futbol maktabi maydonida o'tkazildi.
O'yinda dastlab "Dinamo" yarim himoyachisi Ilhom Yunusov tomonidan hisob ochildi. U jarima to'pidan unumli foydalandi. Oradan sal o'tib "Sherdor" futbolchisi Mirjalol Lokaev hisobni tenglashtirdi.
"Sherdor"ga g'alaba keltirgan golga esa Laziz Nuriddinov mualliflik qildi. U jarima to'pidan uzatilgan to'pni boshi bilan "Dinamo" darvozasiga yo'llab qo'ydi - 2:1.



