Sherali Babakulov: "Bosqichma-bosqich amalga oshirgan mehnatlarimiz samara bermoqda"

Iskandarov Abdulaziz
19 avg 2022, 13:50
Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichidan o'rin olgan "Bam Xatun" uchrashuvidan oldin "So'g'diyona-W" jamoasi bosh murabbiylari Sherali Babakulov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.


"Assalomu alaykum. Avvalambor yurtimizda ayollar futboliga begona bo'lmaganlarni mazkur musobaqa boshlanayotgani bilan tabriklayman. Jamoamiz uchun tarixiy turnir hisoblanadi. Bosqichma-bosqich amalga oshirgan mehnatlarimiz sabab shu darajaga keldik. Bu samara bermoqda. Ertaga bor kuchimizni ishga solib chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Sherali Babakulov.

 


"O'zbekistonda ayollar futboliga berilayotgan e'tibor uchun rahmat aytib qolaman. Bunday musobaqalar biz uchun orzu bo'lib kelgan. Nafaqat jamoamiz, balki O'zbekiston sharafini himoya qilish biz uchun sharaf",- deydi "So'g'diyona-W" futbolchisi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia