"Sheffild" va "Vest Xem" MYU futbolchisiga qiziqyapti

4 yanv 2021, 22:44
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Unga "Sheffild" va "Vest Xem" klublari rahbariyati qiziqish bildirmoqda. "Sheffild" bosh murabbiyi Kris Uaylder Jessini o'z jamoasiga taklif qilmoqchi. "Bolg'achilar" ham bir necha hafta oldin 28 yoshli futbolchining vakillari bilan bog'lanishgan.

Lingard joriy mavsum APL va Chempionlar Ligasida umuman maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sheffield Star