Shayx Salmon OFKni yana 4 yil boshqaradi

Mirjalol Normatov
6 apr 2019
Bugun Malayziyadagi OFK Kongresslar zalida tashkilot a'zolari OFKning 29-kongressida ishtirok etishdi.

Unda OFKning yangi prezidentini saylash uchun saylov bo'lib o'tdi. Uning yakunlariga ko'ra, Shayh Salmon bir Ibrohim al-Halifa g'olib bo'ldi va keyingi 4 yillikda OFK prezidentiligini saqlab qoldi.

OFK prezidentligi uchun kurashda Shayx Salmondan boshqa hech kim yo'q edi. Ikki nafar nomzod Muhammad Halfan Matar Said al-Romayti (BAA) hamda Saud Aziz Muhammad al-Moxannadi (Qatar) o'z nomzodini qaytarib olishgandi.

Bahraynlik Shayx Salmon 2013 yilning may oyidan buyon qitamiz futboli prezidenti bo'lib ishlab kelmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: the-afc.com