“Shaxtyor” vingeri “Real” bilan bahs oldidan: “Barselona”da o'ynash orzuim”

Eldor Akmurzayev
1 dek 2020
Chempionlar Ligasi doirasida bugun bo'lib o'tadigan “Shaxtyor” – “Real” o'yini oldidan mezbonlar a'zosi Tete o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Barselona”da o'ynash, bu mening eng katta oruimzdir. Ronaldinyo, Rivaldo, Romario va Ronaldo “Barselona”da harakat qilgan va ushbu ro'yxatni to'ldiraman deb umid qilaman. Albatta, “Real”ga qarshi o'yinlar ushbu maqsadga yetishish uchun o'z hissasini qo'shishi kerak.

“Real” bilan bahsda yana yaxshi harakat qilishimiz lozim. Oldingi uchrashuv bizga ishonch bag'ishladi va yana uchta gol urish uchun qo'ldan kelganini qilamiz”, deydi braziliyalik.

Eslatib o'tamiz, Madriddagi bellashuvda “Shaxtyor” 3:2 hisobida zafar quchgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com