

"Shaxtyor" moliyaviy muammolarini bartaraf etish maqsadida Mudrikni sotib yubormoqchi. Klub uchun o'zi so'ragan pulni olish muhim. "Shaxtyor" taxminan 50 million evro talab qilmoqda, agar kimdir shuncha pul bersa, Mixail ketadi", – dedi jurnalist Igor Ciganik.
21 yoshli Mudrik joriy mavsum "Shaxtyor" safida 8 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2026 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
Avvalroq "Nyukasl" ukrainalik futbolchi uchun 50 million funt to'lashga shayligi aytilgan edi.



