"Shaxtyor" yetakchisi Italiya chempionatiga o'tishi mumkin

Alisher
10 iyun 2019, 15:00
Doneckning "Shaxtyor" klubi qanot yarim himoyachisi Marlos mavsumlar oralig'ida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Asli braziliyalik bo'lgan Ukraina terma jamoasi futbolchisining xizmatlariga Italiyaning "Udineze" jamoasi qiziqmoqda. Ular futbolchini jamoadan ketishi mumkin bo'lgan argentinalik Rodrigo de Pol o'rniga nomzod sifatida ko'rishmoqda.

Xabar qilinishicha, "oq-qoralar" xo'jayini Marlosning transferi uchun 10 million evro ajratishga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Messagero Veneto