Shaxin jarohati tufayli uch hafta maydonga tusha olmaydi

7 okt 2013, 10:35
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Nuri Shaxin yaqin uch hafta mobaynida maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi nemis OAV.

Turkiyalik futbolchi “Borussiya”ning Germaniya chempionati doirasida myonxengladbaxning “Borussiya” klubiga qarshi o'yinda oyog'idan jarohat olgan. Bu jarohat jamoa bosh murabbiyi Klopp uchun yana bir bosh og'riga aylandi, chunki bir necha kun avval klubning yana bir yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan ham jarohat olgan edi.

Eslatib o'tamiz, dortmundliklar ushbu o'yinda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan.


Manba: sports.ru