Shaxboz Erkinov: “Paxtakor” bilan yil o'yini bo'ladi”

Narzulla Saydullayev
10 noya 2017, 08:00
“Nasaf” – “Sho'rtan” uchrashuvi yakunlangach, o'yinda ikki to'p kiritgan mezbonlar hujumchisi Shaxboz Erkinovni suhbatga tortdik.

-Bugun ham qiyin o'yin bo'ldi. Aslida uchta emas, ko'proq gol urishga imkonimiz bo'ldi, ammo afsuski ko'p vaziyatlarda gol urish uchun aniqlik yetishmadi. Bugun mening ko'proq omadim chopmadi desam, to'g'ri bo'lar. Bilmadim, nega bunday bo'ldi. Eng muhimi g'alaba qozondik. Aksincha juda alamli bo'lardi.

Bugun yubiley golni uribman (SH.Erkinov bugun “Nasaf”ning oliy ligadagi 1120-golini kiritdi-izoh mual.). Albatta bundan xursandman. Bu boshqa yigitlarimizga ham nasib etsin. Ammo yana takror aytaman ko'p vaziyatlardan foydalana olmadim.

Navbatdagi “Paxtakor” bilan bo'ladigan o'yin – yil o'yini bo'ladi. Maqsadimiz faqat g'alaba qozonish. Boshqa natija bizni aslo qoniqtirmaydi. Endi bor e'tiborimiz shu o'yinga qaratiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz