Bugun mavsumdagi eng chiroyli o'yinimizni ko'rsatdik deb o'ylayman. Murabbiylarning o'yinga tanlagan taktikachi, futbolchilarning ruhiy kayfiyatini ko'tarishga qilgan sayi harakatlari o'z samarasini berdi. Rustam To'xtamurodovich ko'p takidlaydilar, har qanday tanaffus jamoaning bahslarga qo'shilib ketishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi deb. Bu ayniqsa bizning oldingi o'yinimizda yaqqol sezilgandi. “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda ham o'yin boshida hayajon, mas'uliyat futbolchilarimizga salbiy ta’sir ko'rsatdi va tashabbusni mehmonlarga berib qo'ydik. Ushbu daqiqalarda darvozabonimiz va markaziy himoyachilarimiz jamoa joniga oro kirdi. Doniyor Odilovning darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarganini yodga oling.
Birinchi taymda harorat yuqori bo'lgach, asosiy maqsadimiz mehmonlarni charchatish edi. Buni o'yinchilarimiz uddalashdi. Ikkinchi taymda esa ikki tezkor o'yinchini maydonga tushirishimiz, o'yin taqdirini hal etdi. Yana shuni takidlash kerakki, bugun futbolchilar doimo oldinga intilishdi. Eng yaxshi himoya – hujum, qabilida to'p surdik. Natijada muxlislarga yoqadigan o'yin bilan, raqibimizni yirik hisobda dog'da qoldirdik. Oldinda qiyin o'yinlar bizni kutib turibdi. Biroq yigitlar hozirgi ruhni saqlab qolishsa, har qanday jamoaga munosib qarshilik ko'rsatishimizga ishonaman.