

Shavkat Saidov, “Metallurg” FK, jamoa boshlig'i: Musobaqa jadvalining quyi qismida yonma yon borayotgan ikkala jamoaga ham o'zaro uchrashuvda g'alaba suv va havodek zarur edi. Zero bunday o'yinlarda yutuq darajasi olti ochkoga teng, deb bejizga aytishmaydi. Shu sababdan ham “Obod”ga qarshi jiddiy tayyorlandik. Murabbiylarimiz tanlagan taktika ish berdi. Tezkor kiritgan gollarimiz esa vazifamizni engillashtirdi. Yaratilgan vaziyatlarning barchasidan foydalanganimizda hisob bundanda yirikroq bo'lishi mumkin edi. To'purarimiz Zohid Abdullaevning nihoyat “ochilganidan” xursandmiz.
“Obod” o'z maydonida ananaviy tarzda hujumkor futbol namoyish etadigan raqib. Jamoaning aksariyat o'yinchilari yosh, g'ayratli. Biz bilan uchrashuvda ularga biroz tajriba yetishmadi deb o'ylayman. “Obod”ga keyingi o'yinlarda omad yor bo'lishini tilaymiz, deydi Shavkat Saidov.
"Metallurg" matbuot xizmati



