Sharofutdinov va Mamazulumovning gollari Dinamoga g'alaba keltirdi

14 mar 2018, 19:02
Pro-Liga bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi bugun Toshkentdagi navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Bu safar “Dinamo”ga Pro-Liganing yana bir ishtirokchisi Toshkentning “Paxtakor-2” klubi raqiblik qildi.

Murabbiylar bir kun oldin “Bunyodkor-2”ga qarshi maydonga tushgan aksariyat futbolchilarni shu kuni maydonga tushirishmadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida yarimhimoyachi Komil Sharofutdinov va hujumchi Muydin Mamazulunov tomonidan kiritilgan gollar “Dinamo”ga nazorat bahsida g'alaba keltirdi, 2:0.



Nazorat uchrashuvi. Toshkent.

14 mart (payshanba)


DINAMO - PAXTAKOR-2 - 2:0

Gollar: Komil Sharofutdinov 58, Muydin Mamazulunov 63.

Dinamo: Shohruh Raimov, Mirkomil Lokaev, Viktor Grigorev, Hakimxon Alamxonov, Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Jasur Kurbonov, Mirza Joniqulov, Artur Markaryan, Amirjon Safarov, Maradona Safarov.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Jasur Ashurov, Asomiddin Mamatov, Daler Almosjonov, Damir Temirov, Humoyun Tolibov, Komil Sharofutdinov, Muydin Mamazulunov.

Dinamo Toshkentdagi so'ngi nazorat uchrashuvini 15 mart kuni yana bir Pro-Liga ishtirokchisi “Lokomotiv-BFK” klubiga qarshi o'tkazadi va yig'inni yakunlab Samarqandga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvni 25 mart kuni G'uzorda “Sho'rtan” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia