Sharof Muhitdinov: “Stadionga kelib, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Kubok hammamizniki”

Eldor Akmurzayev
31 okt 2022, 09:00
O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” a'zosi Sharof Muhitdinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kayfiyat a'lo darajada. Xudoga shukur, g'alaba qozondik. O'yin juda qiziqarli bo'ldi, deb o'ylayman. Stadionga kelgan muxlislarga katta rahmat. Ishqibozlarni 12-o'yinchi, deya tariflashadi. Qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kubok barchamizniki.

- Bugun chap qanotda lateral vazifasini bajardingiz. Ham Davron Hoshimov, ham Asad Sobirjonovga qarshi o'ynashingizga to'g'ri keldi. Bu sizga qiyinchlik tug'dirmadimi?

- Ularga qarshi oldin ham o'ynaganmiz. Uchrashuvdan oldin teoriya bo'ladi bizda va kim qanday kuchga egaligini ko'rib chiqamiz. Bizga raqibning farqi yo'q, kimga qarshi o'ynashimiz ham. Muhimi esa g'alaba qozondik, yuzimiz yorug' bo'ldi. Xudo xohlasa chempionlikka (Superliga haqida) harakat qilamiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia