

Bu xabarni "Krasnodar" bosh direktori Vladimir Xashig tasdiqladi. Oldinroq Ahmedovga "Shandon Luneng" klubi qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. "Shanxay SIPG" yaqindagina Londonning "Chelsi" klubidan braziliyalik Oskarni Osiyo qitasi uchun rekord summaga sotib olgandi.
"Shanxay SIPG"ni portugaliyalik Andre Villash Boash boshqarib bormoqda. Klub safida braziliyalik Xalk, Elkeson, Oskar, argentinalik Dario Konka ivuarlik Jan Evrard Kuassi, koreyalik Kim Ju Yung kabi legionerlar o'ynashadi.




