"Shanxay SIPG" OCHL guruh bosqichiga chiqdi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2017, 18:23
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" OCHL saralash uchrashuvida Tailandning "Sukxotai" klubini taslim etib turnir guruh bosqichiga yo'l oldi.

"Shanxay SIPG" - "Sukxotai" 3:0

Gollar: Oskar 34, Elkeson, Tupxunod 58 (avtogol)

"Shanxay SIPG": Yan Junlin, Vang Shenchao, Sai Xukang, Vu Li, Oskar, Elkesotn, Xalk, Fu Xuan, Odil Ahmedov, Shi Ke, Xe Guan.

"Shanxay SIPG" OCHL guruh bo'sqichining "F" to'rtligida ishtirok etadi. Ushbu guruhda "Seul", "Urava Red Daymonds" va "Vestern Sidney Uonders" jamoalari bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia