"Shanxay SIPG" nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi, Ahmedov asosiy tarkibda

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017, 16:10
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" Dohada o'tkazayotgan yig'ini doirasida Saudiya Arabistonining "Al-Batin" jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Saudiya Arabistonining birinchi darajali divizionida ishtirok etuvchi "Al-Batin" Xitoy klubiga mag'lub bo'ldi.


Hamyurtimiz Odil Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. "Shanxay SIPG" safida Oskar hamda Lyu Venjun o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi.











2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni "Bavariya" futbolchilari tomosha qilishdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia