Shanba kuni Toshkentda Mehribonlik uyi va internat bolalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2018, 15:23
29 sentyabr kuni Toshkentda Mehribonlik uyi bolalari o'rtasida xayriya musobaqasi o'tkaziladi.

"Stan Blije" va "Vremya Chudes" tashabbuskor guruhlari "MUSTANG"  AYOQSH hamda O'zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" hamkorligida Toshkent va Toshkent viloyati mehribonlik uylari hamda maktab-internat tarbiyalanuvchilari o'rtasida xayriya futbol musobaqasini o'tkazadi. Bu tadbirning bosh maqsadi Respublika yoshlari o'rtasida sportni ommalashtirish va har bir inson bolalarga mehr ulasha olishini isbotlash. Tadbirning shiori "Stan blije" ("Yaqinroq bo'ling")!

Barcha-barchani ushbu musobaqa taklif qilib olamiz.

Musobaqa sanasi: 29 sentyabr, 2018 (shanba). 10:00-17:00.

O'tkazilish joyi: Obod stadioni (Artel zavodi yonida, mo'ljal Ashxobod saylgohi)

Musobaqa ishtirokchilari: Toshkent va Toshkent viloyati mehribonlik uylarining 120 nafar tarbiyalanuvchilari.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia