"Shalke" Kramerni iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022
Jamoa Bundesligada quyi pog'onalardan birida bormoqda.

Frank Kramer "Shalke" bosh murabbiyligidan ozod etildi.

Gelzenkirxenliklar barcha musobaqalardagi so'nggi to'rtta o'yinda mag'lub bo'lishdi, jumladan, "Xoffenxaym"ga ketma-ket ikki marta – chempionatda 0:3, Germaniya kubogida esa 1:5.

"Shalke" Bundesligada 10 o'yinda atigi 6 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinda, yani 17-o'rinda boryapti.

Kramer shu yilning iyun oyida "Shalke" boshqaruviga kelgandi. Shunday qilib, u klubda to'rt oydan sal ko'proq vaqt ishladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: schalke04.de