Shakiri: "Mag'lubiyatga haqli emasdik"

8 yanv 2019, 21:20
"Liverpul" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri Angliya kubogida "Vulverxempton"ga (1:2) uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Albatta, natija hafsalamizni pir qildi. Lekin, mag'lubiyatga haqli emasdik. Bir necha marotaba o'z o'yinimizni ko'rsatishga urindik. Qo'limizdan kelgan hamma narsani qilib ko'rdik. Hech kim bizni g'alabaga bo'lgan istak va intilish yetishmasligida ayblay olmaydi. Bazida omad ham kerak bo'ladi. Jarima zarbasida u shunchaki mendan yuz o'girdi",- deya Shakirining so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: liverpoolfc.com