Shakiri faoliyatini "Lacio"da davom ettirishi mumkin

Alisher
8 iyun 2021
"Liverpul" yarim himoyachisi Jerdan Shakiri faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Evro-2020dan so'ng unga faol tarzda qiziqish bildirayotgan "Lacio"ga o'tishi mumkin.

29 yoshli shveytsariyalik futbolchi "Liverpul" tarkibida 2018 yildan beri o'ynaydi.

Futbolchining mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira