Shakiri: "Bavariya" - "Liverpul" to'qnashuvi men uchun hissiyotli o'tadigan uchrashuvga aylanadi"

13 mar 2019, 21:01
"Bavariya" sobiq yarimhimoyachisi Jyerdan Shakiri bugungi uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Hozirda "Liverpul" sharafini himoya qilayotgan futbolchi 2015 yil yanvar oyidan beri birinchi marta Fußball Arena München stadioniga tashrif buyuradi. O'shanda Shakiri "Bavariya" klubidan Angliyaning boshqa bir jamoasi "Stok Siti"ga borib qo'shilgandi. 

"Bavariya" - "Liverpul" to'qnashuvi men uchun hissiyotli o'tadigan uchrashuvga aylanadi. Lekin, men u erga borishni va g'alaba qozonishni xohlayman, - deya shveytsariyalik o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

Shuningdek, Jyerdan Shakiri ustozi Yurgen Klopp haqida ham o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Murabbiyimiz Bundesligani, ayniqsa "Bavariya" klubini "besh qo'ldek" biladi. U biz yaxshi o'yin namoyish etishimiz uchun to'g'ri ma'lumotlarni etkazib beradi va ularga qarshi qanday o'ynash kerakligidan juda yaxshi xabardor", - dedi YCHL 2013 yilgi mavsumda "Bavariya" bilan musobaqa g'olibi bo'lgan Shakiri. 

Ma'lumot uchun, "Liverpul"ning 23-raqam sohibi faoliyati davomida YCHLda 29 uchrashuvda ko'rinish bergan va 3 marta to'p kiritgan. Joriy mavsum "Crvena Zvezda" jamoasiga qarshi o'yinda (4:0) mersisaydliklar safida debyut qildi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com