Shackix: "Yevropa ligasi finalida "Dinamo" va "Dnepr"ni ko'rishni istardim"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2015
O'zbekiston terma jamoasi Kievning "Dinamo"si sobiq hujumchisi, hozirda "Goverla"da to'p tepayotgan Maksim Shackix Ukraina klublarining Yevropa ligasi chorak finalidagi uchrashuvlari haqida o'z fikrini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" "Fiorentina" bilan, "Dnepr" esa "Bryugge" bilan o'ynaydi.

"Hozir Italiya klublariga qarshi to'p tepish qiyin. Qur'a natijasini bilganimdan so'ng, Ukraina klublariga qiyin bo'lishini aytganman. Italiyaliklar - har qanday jamoa uchun noqulay raqib. Ammo jamoa o'z o'yini ko'rsatishi kerak.

"Bryugge"ni "Fiorentina"ga solishtirsak, albatta italiyaliklar bir bosh ustun. "Bryugge" hozir 3-5 yil oldingidek emas. Kievliklarning keyingi bosqichga o'tish imkoniqyati 50/50. "Everton"ga qarshi o'yindan oldin, hech kim "Dinamo" 5ta gol urishini bilmagandi. Finalda "Dinamo" va "Drepr"ni ko'rishni istardim" - deydi Shackix. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com