Shaaf yoki Magat kievning “Dinamo” klubiga yangi bosh murabbiy bo'lishi mumkin

20 sen 2013, 10:13
Kievning “Dinamo” klubi qish mavsumi transfer oynasiga qadar bosh murabbiyini o'zgartirish mumkin, deb xabar beradi “Segodnya”.

Manbaning xabariga ko'ra, klub hozirda ikkita nomzodni ko'rib chiqayapti, bular – Tomas Shaaf (“Verder” klubining sobiq bosh murubbiyi) va Feliks Magat (“Volfsburg” klubining sobiq bosh murubbiyi).

Amaldagi bosh murabbiy Oleg Bloxinni, klubning Yevropa ligasini omadsiz boshlagani va Ukraina chempionati doirasida “Metallist”dan (0:3) katta hisobdagi mag'lubiyati jamoani tark etishga sabab bo'lishi mumkin.

Ammo shunday bo'lsada, Bloxining o'zi rahbariyat unga ishonch bildirayotganini aytgan.


Manba: sports.ru