

"Sevilya" rahbariyati rasmiy tarzda faqatgina iqtisodga asoslangan turnirni to'laqonli rad etishini e'lon qiladi. Superliga qitaning turli xil futbol assotsiatsiyalarini birlashtirgan tashkilot bo'lmish UEFAning ishtirokisiz yaratilgan.
Bunday turnir sportning tarkibiy qismi va futbol tamoyillariga to'g'ri kelmaydi. Raqobatning mavjud emasligi bizning DNKmizga to'liq ziddir. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz va o'z oldimizga futbol maydonidagi eng ulkan maqsadlarni qo'yamiz", - deyiladi "Sevilya" xabarida.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres "Sevilya"ning Superligada qatnashishi mumkinligini aytgandi.
→ LIVE Yevropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada



