"Sevilya"ning eng yaxshi to'purari faoliyatini Saudiyada davom ettirishga yaqin

Alisher
30 iyul 2023, 09:03
"Sevilya"ning eng yaxshi hujumchisi Yussef En-Neseri Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin.

Marokashlik futbolchiga “Al Hilol” jiddiy tarzda qiziqmoqda. Saudiyaliklar futbolchi uchun Ispaniya klubiga 45 million evro berishga tayyor. Shuningdek, agar kelishuv amalga oshsa, Yussef En-Neseri uch yil davomida 45 million evro ishlab oladi.

Eslatib o'tamiz, marokashlik futbolchi o'tgan mavsum jamoasi safida La Liganing eng yaxshi to'purari bo'lgan. U 31 ta bahsda 8 ta gol kiritishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com