"Sevilya"ga yana yangi murabbiy keldi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2023
Kike Flores "Sevilya"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi.

58 yoshli mutaxassis klub bilan 2025 yilgacha bo'lgan bitimga imzo chekdi.

Flores joriy mavsum "Sevilya"ni boshqaradigan uchinchi murabbiyga aylanadi. Klub 8 oktyabr kuni Xose Luis Mendilibar, 16 dekabrda Diego Alonso ishdan haydagan edi.

"Sevilya" 16ta o'yinda 13 ochko to'plab, LaLiga jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Flores "Atletiko" bilan 2010 yilda Yevropa ligasi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan. Uning so'nggi klubi "Xetafe" bo'lgan va 2023 yilning aprelida ishsiz qolgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sevillafc.es