"Sevilya"ga eronlik futbolchi kerak

Mirjalol Normatov
19 apr 2020
"Zenit" hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, 25 yoshli forvard "Sevilya" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Klub sport direktori Monchi ayni damda hujum chizig'ini mustahkamlash maqsadida Azmunni jamoaga olib kelmoqchi.

Ushbu mavsumda Azmun "Zenit" tarkibida 29 o'yinda 14 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS