"Sevilya" XXI asrda finallarga chiqish bo'yicha "Real"dan o'tib 1-o'rinni egalladi (Top-5)

Alisher
17 avg 2020, 11:06
"Sevilya" Yevropa Ligasi yarim finalida MYUni engib, musobaqa finaliga yo'l oldi.

Juma kuni bo'lib o'tadigan final klub uchun ushbu 100 yillikdagi 11-final bo'ladi, bu borada "Sevilya" XXI asrda evrokubok finallariga chiqish bo'yicha Yevropada birinchi o'rinda turibdi.

"Sevilya" o'yinchilari 2006-2016 yillar davomida Yevropa Ligasining 5ta finalida g'olib bo'lishdi, shuningdek bu g'alabalar ularga UEFA Superkubogida qatnashish huquqini ham berdi.

Klub bu ko'rsatkich bilan XXI asrda 10 finalni o'tkazgan Madridning "Real" klubini quvib o'tdi.


1. "Sevilya" (Ispaniya)- 11 final

2. "Real" (Ispaniya) - 10 final

3. "Liverpul" (Angliya) - 9 final

4. "Atletiko" (Ispaniya) - 8 final

5. "Barselona" (Ispaniya) - 8 final

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: time24.news