"Sevilya" Vitolo uchun "Barselona"dan 40 mln. evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
11 may 2017
"Barselona" "Sevilya" yarim himoyachisi Vitoloni xarid qilishi oson bo'lmaydi.

Andalusiya klubi futbolchi uchun 40 mln. evro talab qilmoqda.

Vitolo 2013 yil "Las-Palmas"dan "Sevilya"ga 23 yoshida 3,2 mln. evroga o'tgan edi. Ayni damda futbolchining xizmatlariga Kataloniya klubidan tashqari "Atletiko" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

Vitolo joriy mavsum LaLiganing 28 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com